Shu holatda yolg‘on ishlatish

Assalomu alaykum! Men shu yili insha Alloh madrasaga o‘qishga bormoqchiman lekin, ayrim do‘stlarimga yoki qarindoshlarimga o‘sha erda o‘qish niyatim borligini aytsam ustimdan kulib, “mulla, vahobiy” va hokazo deb masxara kilishadi. Ichimdan hafa bo‘laman, lekin ularga chiroyli javob qaytaraman. Yana shunaqa odamlarga o‘xshash odamlar qaerda o‘qishimni so‘rab qolishsa, masxara qilmasliklari uchun boshqa oliygohni nomini aytsam bo‘ladimi? Bu bilan yolg‘on gapirgan bo‘lmaymanmi? Qilayotgan hayrli ishlaringizga Alloh madatkor bo‘lsin! 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yolg‘on gapirgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:32 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar