Domlaga dam soldirish

Assalomu alaykum! Men yaqinda bir domlaga dam soldirgani borgan edim. U erda ayollarning suvlar, quruq choy, rasmlar, atir upalar, hattoki shpritslarni olib kelib stolga qo‘yganini ko‘rdim. Shu to‘g‘rimi? Issiq sovuq qilish haqida ko‘p eshitganman. Men borgan joy issiq sovuq qiladigan joymikan degan yomon gumonga borib qoldim. Allohim yomon gumondan saqlasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U odamni nimalar deyishini va nima o‘qib dam solishini bilmasdan turib biror narsa deyolmaymiz. Qur’ondan boshqa narsa o‘qisa g‘aybni da’vo qilsa noto‘g‘ri yo‘lda bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Avgust 2023, 08:23 | Savol-javoblar | 0 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar