Zararning bir qismini qo‘plash

Assalomu alaykum! Hurmatli  Ustozlar, bir tanishim bozordan mol olib sotuvchi savdogardan 1.500.000 sumga qoramol sotib olib, ertasiga uning sog‘ligi yomon ekanini bilib qolibdi. Oradan 2 kun o‘tgach bu mol holidan ketayotganini ko‘rib qassobga topshirib yuboripti. Qassob unga moli uchun 700.000 sum  pul beripti. Oqibatda tanishim bu moldan 800.000 sum zarar ko‘ripti. Buni molni sotgan odam eshitib «Man molni egasidan so‘raychi, kasalligidan xabari bormi yo‘qmikan», debdi. Keyin esa   «Biz maslaxatlashdik, siz ko‘rgan zararni 500.000 sumini qoplaymiz. Kelib pulizi opketing», debdi. Lekin tanishimning onasi unga bu pulni olmasligini, chunki bu ish qoramol to‘liq uning qo‘liga o‘tgach sodir bo‘lganini aytyaptikan. Bu holda agar taraflar rozi bo‘lsa, tanishim shu pulni olsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar bemorlik sotuvchining huzurida ham bor ekanligi aniq bo‘lsa, mol egasi uni tan olsa, zararni to‘latib olishi mumkin. Agar kasalligi xaridorning qo‘lida paydo bo‘lsa, olishga haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:14 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar