Bomdod nomazi tugashga yaqin bomdodni o‘qish

Assalomu alaykum! Bomdod nomaziga uxlab qolsak yani quyosh to‘liq chiqishga 10 daqiqa qolgan bo‘lsa, bomdodni farzi va keyin sunnatni o‘qisak bo‘ladimi yoki quyosh chiqishini kutib bomdodni qazo qilib o‘qigan to‘g‘rimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har qanday holatda ham bomdodning sunnati farzdan keyin o‘qilmaydi. Ulgura olishingizga ko‘zingiz etsa sunnatni o‘qiysiz, aks holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri farzni boshlaysiz. Vallohu a’lam!

27 Noyabr 2023, 10:40 | Savol-javoblar | 0 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar