Halol go‘sht haqida

Assalamu alaykum! Chet elda yuruvchi musulmonlar ko‘p holda nomusulmon o‘lkalarda ishlashadi. Shuning uchun ularda go‘sht mahsulotlari haqida savollar tug‘uladi. Bir akamiz surishtirgan ekanlar, agar go‘shti halol hayvonlar islomga muvofiq, halol tarzda so‘yilsa, ularning go‘shti suvda cho‘kmas ekan. Bu haqida kitoblarimizda biror ma’lumot bormi? Yoki go‘shtni halol yoki haromligini uy sharoitlarida aniqlashning iloji bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bizda go‘shtining suvda cho‘kish yoki cho‘kmasligi haqida ma’lumot yo‘q. Lekin shariatda shunday qoidalar bor: Shariatimizda ikki narsani asosiy qoida qilib olingan. Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsani shar’iy yo‘l bilan halol qilinganligi sobit bo‘lmagunicha haromligicha qoladi. Masalan: go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ulardagi oqquvchi qon chiqib ketmaganligi va Allohning ismi zikr qilishlik topilmagani uchun haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilganligi sobit bo‘lgach, halolga hukm qilinadi.
Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalar biror yo‘l bilan harom qilinganligi sobit bo‘lmasa, halolligicha qoladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:41 | Savol-javoblar | 192 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar