Iyso va Muhammad alayhisalomlar orasida nabiy bo‘lganmi?

Assalamu alaykum! Iyso alayhissalom va Muhammad sollallohu alayhi vassalam oralarida Sham’un, Jirjis va Xolid bin Sinon nomli nabiylar yashaganliklari haqida ma’lumotni uchratib qoldim. Haqiqatdan ham Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan avval shunday nabiylar yashaganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، أَخْبَرَنَا شُعَيْبٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، قَالَ: أَخْبَرَنِي أَبُو سَلَمَةَ أَنَّ أَبَا هُرَيْرَةَ  قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ  يَقُولُ: «أَنَا أَوْلَى النَّاسِ بِابْنِ مَرْيَمَ، وَالْأَنْبِيَاءُ أَوْلَادُ عَلَّاتٍ، لَيْسَ بَيْنِي وَبَيْنَهُ نَبِيٌّ». طرفاه: 3443، 3443 م - تحفة: 15173 3442. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Ibn Maryamga eng yaqin odam menman. Anbiyolar kundoshlarning bolalaridir. Men bilan uning orasida biror nabiy yo‘q», deyayotganlarini eshitdim».(Oltin silsila). Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:44 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar