Mahram bilan xajga borishdagi hiyla
Assalomu alaykum! Ba’zi ayollar mahrami yo‘qligi yoki mahram bilan borishning imkoniyati yo‘qligi sababli, boshqa begona erkaklarga nikohlanib hajga ketishadi. Ya’ni hiyla ishlatishadi. Qaytib kelganidan so‘ng bu nikoh haqida hech kim eslab ham o‘tirmaydi, vaholanki ular shar’an er-xotin bo‘lib qolishadi. Savol : bunday hiyla nikohi shariatda joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda nikohning o‘z maqsadlari bo‘lib, ulardan biri er va ayol o‘z iffatlarini saqlashi va nasl qoldirishlari hisoblanadi. Hajga ketishdagi nikohda bunday maqsad ko‘zda tutilmaydi. Lekin nikohning shartlari topilgan holda nikoh qilingan bo‘lsa, albatta nikoh bog‘lanadi, ular shar’an er-xotin hisoblanadilar. Erning zimmasiga mahr vojib bo‘ladi va albatta o‘z-o‘zidan nafaqa, er vafot topsa idda, meros masalalari ularga joriy bo‘ladi. Siz aytganingizdek bu nikohda shu haqlarni zoe bo‘lishi, kimlarningdir haqqi kimlargadir o‘tib ketishi holatlari vjudga keladi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:44 | Savol-javoblar | 177 | Haj va umra