Beli ochiq libosda namoz o‘qish

Assalamu alaykum! Savol: Masjidlarda, ayniqsa jum’a namozida ba’zi kishilarning ust kiyimining kaltaligi yoki shim, yohud shalvarining past belli ekanligidan orqa beli ochilib juda noxush manzaraga sabab bo‘lib qolishini guvohi bo‘lib qolamiz. Libosiga bunday bee’tibor kishilarning namozi qabul bo‘ladimi? Old qatordagi kishining ochilib qolgan avratiga ko‘zi tushgan kishining namozichi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! Erkak kishining avrati kindigi ostidan to ikki tizzasining ostigachadir. Bir a’zoning to‘rtdan birining ochilishi namozni man qiladi. Boldirning o‘zi bir a’zodir. Son, zakarning yolg‘iz o‘zi va ikki turmuq ham. Osilib tushgan soch ham(ayollarda). (Kifoya). Orqadagi ko‘zi tushgan odamning namozi buzilmaydi.

26 May 2022, 16:56 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar