Turli noislomiy yozuv va rasmli liboslarni kiyish
Assalamu alaykum! Savol: Ko‘cha-kuyda, ayniqsa masjidlarda musulmon birodarlarimizning bilib-bilmay noislomiy aqidalarni targ‘ib qiluvchi, sevgi-muhabbat, yoki g‘arb davlatlarining va madaniyatining maqtovchi liboslarni kiyib olganini ko‘ramiz. Bu liboslarning ibodatlarga, ayniqsa, namozga ta’siri bormi? Umuman, musulmon kishi uchun bunday liboslarning hukmi qanaqa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! Alloh taolo “Ey odam bolalari! Har bir ibodatda ziynatingizni oling” degan. Hadisda surat bor uyga farishta kirmasligi aytilgan. Xususan, namozda surati bor kiyimni kiyish joiz emas. Surat namoz o‘quvchining orqasida bo‘lsa, orqada turganning ro‘baro‘sida surat turgani uchun uning namozi makruhi tahrimiy(haromga yaqin makruh) bilan ado bo‘ladi.
26 May 2022, 16:56 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar