Nikoh va talok
Assalomu aleykum hurmatli hazrat!Avvalom bor uzr togri yozyabmanmi yoki yok bu saytda birinchi marotabaman. Sizga bir savol bn murojaat kilmokchidim,yakinda hayotimda unutulmas bir galati voqea boldi .manga bir inson kongil koyib koldi u ison mani bir tanishimga tanishtirib koyishni iltimos kildi u tanishim manga u insonni osmonlarga olib chikib juda maqtab bizni tanishtirib koydi(ortadagi odam bn 15 yildan beri tanish edik va unga juda ishonar edim) 1hafta uchrashib gaplashib yurdik manga u odam oz nikohiga olishni taklif kildi(ozi ajrashganman ikki ta farzandim bor erim bir ayolni deb bizni tashlab ketgan)albatta ikkinchi hotinlikka.Man rozi boldim gaplashganimda u odam manga juda yokkan edi 5vaqt namoz oqiydigon ehsonli inson edi albatta Alloh uchun savob uchun bu ishni kilyabdi deb ikkinchilikka bolsa ham rozi boldim ,uyimga ikkita guvoh bn mulla olib kelib nikoh okitdik,lekin nikohdan keyin bir birimizani umuman tushunmay koldik,manga u odamni munosabatlari umuman yokmadi,manga haqiqiy er boladi degan niyatda tekkan edim lekin Olloh biladi u odamni niyatini,hullas rossa ikki hafta bolganida man u insondan hafa bolib manga bolgan munosabatizni ozgartiring manga puliz emas manga mehriz kerak man mehirga zorman desam bolmasam bir birimizga togri kelmadik boshiz ochiq javobizni berdim endi meni boshqa bezovta kilmeng deb tell koyib koydi,undan keyin u odam bn umuman korishmadim,mani savolim taloq tushdimi shu soz bn yoki haliyam ularni nikohidamanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Taloq tushgan.Ammo shu o‘rinda muhtarama ayollarimizga bir-ikki og‘iz nasiyhat so‘zlari aytishga ijozat bergaysizlar. Albatta, oilasiz qolish engil emas. Ammo kim ko‘ringan senga uylanaman, u qilib beraman, bu qilib beraman desa darhol ishonib qolavermaslik kerak. Hozir ayollarni dindorlik, hajga oborish kabi jozibali gap va ishlar bilan aldaydigan qalloblar ko‘payib ketgan. Sizning majorongiz ikki hafta davom etibdi va taloq aniq bo‘lib turibdi. Ammo turli va’dalarni berib bir kundan keyin ketvorgan, taloq ham qilmagan, o‘zining kimligi va qaerdaligini ham bilib bo‘lmaydiganlar ham bor. Bechora ayol nima qilishini bilmaydi. Shuning uchun bu kabi umr savdosi bo‘lgan narsalarda shoshilmay, so‘rab surishtirib, etti o‘lchab bir kesish kerak.
28 Aprel 2022, 17:54 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush