Ayollar o‘tirishi

Men "Kifoya"da ayollar erkaklardan farqli o‘laroq namozda o‘tirganda chap oyoq soni ustiga, o‘ng oyoq sonini qo‘yishi kerakligini o‘qidim. Shunday o‘tirsam, erim: “bu o‘tirishingiz orqadan qaraganda erkaklarni ehtirosini qo‘zg‘aydi, son deyilganda tizzadan pastki qism nazarda tutilgan. Hech kim qilmagan ishni qilayapsiz” dedi. Men “kitobda shunday yozilgan” desam. “asl ma’nosini tushunmay kitobga yozilganga ergashib ko‘plar adashib ketdi” deydi. Keyin “aniq isbotlang, keyin sizni aytganingizni qilaman” dedim. Hozir chap oyoq soni ustiga o‘ng oyoq sonini ozroq qo‘yib o‘qiyapman. O‘zi shunday o‘qiladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Eringiz bekorni aytibdi. https://fiqh.uz/index.php/fiqh-uz/dolzarb-mavzu/479-anafij-maz-abiga-binoan-ajol-va-erkak-namozidagi-far

26 May 2022, 17:15 | Savol-javoblar | 168 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar