She’rdagi misralar ham hisobga tortiladimi?
Assalomu alaykum! Shoirlar Qiyomatda yozgan har bir satri uchun savol-javob qilinadimi? Chunki yozgan she’rida u kimnidir maqtasa kimnidir erga urib yozadi yoki o‘ta mubolag‘adan, yolg‘on dalillardan foydalanadi. Aksar yoshlar she’riyatga xobbi sifatida engil qarashmoqda. Vaholnki uning ham o‘ziga xos vazifasi yoki majburiyatlari bor. Dunyoviy she’rlarda kimnidir hajv qilish yoki kamsitish, o‘zi guvohi bo‘lmagan narsada biror kishini ayblab qoralab yozish orqali ham inson gunohga qolishi, buning uchun qiyomatda hisob-kitob qilinishi mumkinmi? Shariatda she’riyatga qanday munosabat bildirilgan yoki cheklov qo‘yilgan? Oldindan rahmat. (savolning javobi men uchun o‘ta muhimdir)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Qof” surasida marhamat qiladi: إِذْ يَتَلَقَّى الْمُتَلَقِّيَانِ عَنِ الْيَمِينِ وَعَنِ الشِّمَالِ قَعِيدٌ مَا يَلْفِظُ مِن قَوْلٍ إِلَّا لَدَيْهِ رَقِيبٌ عَتِيدٌ 17. Ikki kutib oluvchi o‘ngda va chapda o‘tirgan hollarida kutib olganda... 18. biror so‘z talaffuz qilmas, illo huzurida hoziru nozir borlar. Demak, insonning ikki tarafida ikki farishta joylashgan va ular insonning har bir amali va so‘zlarini kutib oladi. Oyatda ularni «ikki kutib oluvchi» deb aytilmoqda. «Ikki kutib oluvchi o‘ngda va chapda o‘tirgan hollarida kutib olganda...» Mazkur farishtalar sodir bo‘lgan barcha hodisalarni yozib borishga vakil qilinganlar. «…biror so‘z talaffuz qilmas, illo huzurida hoziru nozir borlar». Insonning og‘zidan chiqqan bitta lafz ham ularning nazarlaridan chetda qolmaydi. Ular hamisha hoziru nozirdirlar, darrov yozib qo‘yadilar. Ta’kidlash lozimki, Alloh taolo bandasining amallarini hisob-kitob qilishda bu ikki farishtaning ishiga muhtoj emas. O‘zi hamma narsani komil ilmi ila bilib turadi, hattoki avvalgi oyatlarda aytilganidek, odamning xayolidan o‘tgan narsalarni ham biladi. Mazkur farishtalarning yozib borishining boshqa hikmati bor: qiyomat kuni insonga hujjat sifatida ko‘rsatiladigan nomai a’mol ushbu farishtalar yozgan yozuvlar bo‘ladi. Bunga iymon keltirish esa har bir bandaning ko‘proq yaxshilik qilishiga, yomonlikdan yanada ko‘proq chetlanishiga sabab bo‘ladi. Ushbu mavzuda ko‘plab rivoyatlar kelgan, shulardan ba’zilari bilan tanishib chiqsak, tushunchalarimiz mukammalroq bo‘ladi. Ali ibn Abu Tolha Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladiki, u zot «Biror so‘z aytmas, magar huzurida hoziru nozir borlar» oyati haqida: «Har bir yaxshi-yomon gapi yozib boriladi. Hattoki «edim», «ichdim», «bordim», «keldim», «ko‘rdim» kabilar ham. Payshanba kuni uning ishi va gapi arz qilinadi, yaxshiligi, yomonligi bori qoldirilib, qolgani tashlab yuboriladi», – degan ekanlar. Imom Hasan Basriy «...o‘ngda va chapda o‘tirgan hollarida» oyatini o‘qib turib: «Ey odam bolasi, sening sahifang ochildi, ikki hurmatli farishta senga vakil qilindi, bittasi – o‘ng tarafingdagisi yaxshiliklaringni yozadi, ikkinchisi – chap tarafingdagisi yomonliklaringni yozadi. Nimani xohlasang, qilaver – ozmi, ko‘pmi... Vafot etganingda, sahifang berkitiladi, qabringda bo‘yningga osib qo‘yiladi. Qiyomat kuni shunday holda qabringdan chiqasan...» – degan ekanlar. Imom Ahmad ibn Hanbal o‘lim to‘shagida ingrab yotganlarida, Tovus roziyallohu anhudan «Farishta har bir narsani, hatto ingrashni ham yozadi», degan rivoyatni eshitibdilar-u, darhol ingrashni tark etib, shu bilan to jon taslim qilgunlaricha, ingramagan ekanlar. Mazkur sahifalar hayotdagi ishlarning sahifasidir, ammo o‘lim oldidan jon taslim qilish sahifasi ham bor. وَجَاءتْ سَكْرَةُ الْمَوْتِ بِالْحَقِّ ذَلِكَ مَا كُنتَ مِنْهُ تَحِيدُ 19. O‘lim talvasasi haqiqat bo‘lib keldi. Mana shu sen qochib yurgan narsadir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
1 May 2022, 01:21 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar