Bundan keyingi ro‘zalarni nima qilishim mumkin?

Men bir tanishimning savolini yubormoqdaman. Ro‘za oyining oxirigi 10 kunligida kasal bo‘lganligim, ya’ni o‘t pufagim olib yuborilgan sabab 7 kun ro‘za tuta olmaganman. Yaqinda yana tibbiyot xodimlarining tashxisi bo‘yicha menda qandli diabet kasalligi bor ekanligi aniqlandi. Tibbiyot xodimlari ro‘za tutmasligim kerak ekanligini aytgan edilar. Men bunday holatda qanday yo‘l tutaman? Qoldirgan 7 kunimga qarz bo‘lamanmi? Bundan keyingi ro‘zalarni nima qilishim mumkin? Ilmsizlik ila yozib sizning vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qand bemorligi borlar yillardan buyon ro‘za tutishmoqda. Siz avval yaxshilab o‘rganib chiqing. Keyin hal qilasiz. O‘zingizga o‘xshagan bemorlar va boshqa shifokorlar bilan maslahatlashing.

26 May 2022, 17:20 | Savol-javoblar | 162 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar