Peshin vaqti xaqida

Assalomu Alaykum Shayx Xazratlari.1 dekabrdan boshlab ishxonamizda tushlik vaqti 12-00 dan 13-00 ga o‘zgartirildi. Eshitishimcha, boshqa muassasalrada xam shunday. Peshin namozini amallab ishxonada o‘qib olamiz, lekin juma namoziga chiqish imkoni bo‘lmaydi (tushlik vaqtidan o‘z vaqtida kelishni tekshirilishi qattiq nazoratga olinishi ta’kidlab o‘tildi). Men bilishimcha masjidlarda peshin vaqtini 13-00 da o‘qilishining sababi tushlik vaqtiga to‘g‘ri kelishi bo‘lsa kerak. Agarda xaqiqatdan xam boshqa ko‘p ish joylarida tushlik vaqti o‘zgargan bo‘lsa, masjidlarda xam peshin va juma namozlarini taqvimdagi vaqtga ko‘chirilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Shu masalaga qanday qaraysiz. Diniy idoraga biz kabi oddiy odamlar murojaat qilgandan ko‘ra Siz kabi olimlar bu masalani ko‘tarsalar e’tibor blshqacharoq bo‘lardi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yaxshi gap.

28 Aprel 2022, 02:09 | Savol-javoblar | 149 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar