Ov haqida

Hurmatli ustoz, mening bir tanishim "agar ov qilayotganda miltiqning o‘qining tig‘i bo‘lmasa, u bilan ovlangan hayvonning go‘shti halol bo‘lmaydi" dedi. Hozirgi miltiqlarning juda kam turidagining o‘qlari tig‘li, ko‘plari esa yassi bo‘ladi. Shu tanishimning gapi to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘qning tig‘i bo‘lish mumkin ham emas. O‘q o‘zi tig‘. Qaerga tegsa qon chiqaradi. Ilmsiz odam halol va harom haqida fatvo bermasin.

26 May 2022, 17:21 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar