Qur’on haqida va boshqa savollarim
Assalomu alaykum! Ustozlar, “Ey Muxammad ayting bilgan bilan bilmagan barobarmi” ma’nosidagi oyat qaysi sura va nechanchi oyatda?
2) O‘lgan insonning ota-onasiga me’ros qoladimi?
3) Alloh shirkni kechirmaydi deb o‘qiganmiz. Mendan xozirda “bilmay shirk amallarini qilib qo‘yganlar tavba qilsa xam kechirmaydimi” deb so‘ramoqda. Men “ularga agar shirk keltirib dunyodan tavba qilmay o‘tishgan bo‘lsa kechirmaydi” dedim. To‘g‘ri aytdimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Zumar surasi 9-oyat. 2). Albatta qoladi. Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi: يُوصِيكُمُ اللّهُ فِي أَوْلاَدِكُمْ لِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ الأُنثَيَيْنِ فَإِن كُنَّ نِسَاء فَوْقَ اثْنَتَيْنِ فَلَهُنَّ ثُلُثَا مَا تَرَكَ وَإِن كَانَتْ وَاحِدَةً فَلَهَا النِّصْفُ وَلأَبَوَيْهِ لِكُلِّ وَاحِدٍ مِّنْهُمَا السُّدُسُ مِمَّا تَرَكَ إِن كَانَ لَهُ وَلَدٌ فَإِن لَّمْ يَكُن لَّهُ وَلَدٌ وَوَرِثَهُ أَبَوَاهُ فَلأُمِّهِ الثُّلُثُ فَإِن كَانَ لَهُ إِخْوَةٌ فَلأُمِّهِ السُّدُسُ مِن بَعْدِ وَصِيَّةٍ يُوصِي بِهَا أَوْ دَيْنٍ آبَآؤُكُمْ وَأَبناؤُكُمْ لاَ تَدْرُونَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ لَكُمْ نَفْعاً فَرِيضَةً مِّنَ اللّهِ إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلِيما حَكِيمًا 11. Alloh sizga farzandlaringiz haqida tavsiya qiladir: bir o‘g‘ilga ikki qiz ulushichadir. Agar ayollar ikkitadan ko‘p bo‘lsalar, ularga u (marhum) qoldirgan narsaning uchdan ikkisi. Agar bitta ayol bo‘lsa, unga yarmi. Agar farzandi bo‘lsa, u qoldirgan narsadan ota-onasining har biriga oltidan bir. Agar farzandi bo‘lmay, unga ota-onasi merosxo‘r bo‘lsa, onasiga uchdan bir. Agar aka-ukalari bo‘lsa, onasiga oltidan bir. U qilgan vasiyat yoki qarz(ado etilgani)dan so‘ng. Ota-onalaringiz va farzandlaringizdan qaysi birlari sizga manfaatliroq ekanini bilmaysizlar. (Bu) Alloh tomonidan farz qilingandir. Albatta, Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta hikmatlidir. «Agar farzandi bo‘lmay, unga ota-onasi merosxo‘r bo‘lsa, onasiga uchdan bir». Uchdan ikkisi otasiga. Bu hol ota-onadan o‘zga merosxo‘r yo‘q, ya’ni o‘lganning ortidan farzand ham, er ham yoki xotin ham qolmagan holdir. «Agar aka-ukalari bo‘lsa, onasiga oltidan bir. «U qilgan vasiyat yoki qarz(ado etilgani)dan so‘ng». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). 3). To‘g‘ri aytibsiz. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar