Afrikalik va Ekvadorlik bola haqida

Men Evropada o‘qiyman. Men bilan birga Afrikalik va Ekvador davlatidan bolalar o‘qishadi. Yaqinda Allohga shukurlar bo‘lsin, ajoyib hodisa yuz berdi. Mening namoz o‘qiyotganimni ko‘rib Afrikalik va Ekvadoryalik ikkita bola islom diniga qiziqishi borligini aytdi va men ularga islom dini haqida so‘zlab berdim.Ancha vaqt o‘tgandan keyin Afrikalik bola islom dinini qabul qildi alhamdulillah. Ekvadoryalik bola hafa holda oldimga kelib, u islom diniga kirish to‘g‘risida ota-onasi bilan gaplashganini, ular rozi bo‘lishmaganini aytdi va hafa bo‘lib “qabul qila olmayman” dedi. Lekin u menga “qabul qila olmasamda, men Allohning birligi va Muhammad alahissalomning haq payg‘ambarligiga ishonaman” dedi. Endi men Ekvadoryalik bolaga qanday yo‘l tutishni bilmay qoldim. Bu yog‘iga nima qilsam bo‘ladi? Iltimos, shular haqiga duo qilib qo‘ying, Ekvadoryalik bola ham Islom dinini qabul qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yaxshi gapirib, yana ko‘proq ma’lumotlar taqdim qiling. Asta sekin Alloh taolo qalbini ochib, Islomni qabul qiladi, inshaAlloh.

26 May 2022, 17:26 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar