Nabiy(as)ning qizlari ham hayz ko‘radilarmi?

Bir kitobda “Fotima onamizni hayz va nifos ko‘rmaganlar” deb o‘qigandim va o‘sha ma’lumotni to‘liq bilish uchun internet saytlaridan izlab, “Rasululloh(s. a. v) va Nabiylarning qizlari hayz va nifos ko‘rmaydilar” degan hadislarini topdim. So‘ngra bu hadisning sahihligini izlab ko‘rgandim, ulamolar buni va shunga o‘xshash hadislarni zaif va mavzu hadislarning qatoriga kiritibdilar. Iltimos shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ulamolar to‘g‘ri qilishgan. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari oddiy inson bo‘lganlaridan keyin qizlari ham shunday bo‘lishi aql taqozosi emasmi?

26 May 2022, 17:37 | Savol-javoblar | 155 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar