Tunggi klubga ish bilan borish

Assalomu alaykum! O‘zim chet elda o‘qiyman. Ba’zida tarjimon bo‘lib ishlashga to‘g‘ri keladi. Mijoz qaerga boramiz desa o‘sha erga boramiz. Agar u tungi klubga boramiz desa meni u bilan tarjimon bo‘lib borishim to‘g‘rimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri emas. Musulmon kishi dinining ahkomlarini avvalo o‘zi qadrlashi va o‘zgalardan ham qadrlashlarini talab qilish kerak. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar