Farzand dog‘i uchun sabrning mukofoti
Ikki nafar farzandidan ayrilgan ota-ona Allohning qadariga rozi bo‘lib sabr qilsa, oxiratda qanday mukofot oladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kitob o‘qimaysiz shekilli. Bu masalani yoritilgan kitoblarimiz chiqqaniga o‘n yildan ko‘p bo‘ldi. Siz esa meni ishdan qo‘yib, vaqtimni olib, yana o‘sha kitoblardan izlab topib sizga taqdim qilishimga majbur qilmoqdasiz. Mening har bir odamga alohida aytib, yozib berishga imkonim yo‘qligini anglashingsiz kerak! Buninng ajri juda ham katta. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Odamlardan bir musulmonning balog‘atga etmagan begunoh uch farzandi vafot etgan bo‘lsa, albatta, Alloh uni ularga bo‘lgan rahmati tufayli jannatga kiritadi», dedilar». Buxoriy va Nasaiy rivoyat qilganlar. Nasaiyning rivoyatida: «Ikki musulmonning oralaridan bo‘lgan begunoh uch farzandi o‘lsa, albatta, Alloh ikkovlarini ularga bo‘lgan rahmati tufayli jannatga kiritadi. U (bola)larga: «Jannatga kiringlar!» deyiladi. Ular: «Ota-onamiz kirmaguncha kirmaymiz», deydilar. «Siz ham, ota-onangiz ham kiringlar», deyiladi». Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Qaysi bir musulmonning uchta bolasi o‘lsa, uning do‘zaxga kirishi mumkin emas. Magar qasamni echish uchungina kiradi», dedilar». Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan. Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ayollar Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: «Bizga ham bir kun tayin qiling», deyishdi. Bas, u zot ularga va’z qildilar va: «Qaysi bir ayolning uchta farzandi o‘lsa, ular uning uchun do‘zaxdan parda bo‘lurlar», dedilar. «Ikkita bo‘lsa-chi?» dedi bir ayol. «Ikkita bo‘lsa ham», dedilar u zot». Ikki Shayx va Nasaiy rivoyat qilganlar. «Bir ayol bemor bolasini olib kelib: «Ey Allohning Rasuli, bundan xavotirlanyapman, avval ham uchtasini berganman», dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Batahqiq, do‘zaxdan mustahkam qo‘rg‘on ila o‘ralibsan», dedilar». Nasaiy va Muslim rivoyat qilganlar. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim farzandlaridan balog‘atga etmagan uchtasini bergan bo‘lsa, ular unga do‘zaxdan mustahkam qo‘rg‘on bo‘lurlar», dedilar. «Men ikkitasini berib qo‘yganman», dedi Abu Zarr. «Ikkitasi ham», dedilar u zot. «Men bittasini berib qo‘yganman», dedi qorilarning ulug‘i Ubay ibn Ka’b. «Bittasi ham. Lekin ana o‘sha birinchi zarba paytida...», dedilar u zot». Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mening ummatimdan kimning ikkita farati bo‘lsa, Alloh uni o‘shalar tufayli jannatga kiritadi», dedilar. «Sizning ummatingizdan bitta farati bo‘lgan odam-chi?» dedi Oisha. «Bitta farati bor odamni ham, ey muvaffaq qilingan», dedilar u zot. «Sizning ummatingizdan farati bo‘lmagan odam-chi?» dedi Oisha. «Men ummatimning faratiman. Hech mening (vafotim)ga o‘xshash musiybatga uchramaslar», dedilar». Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bir bandaning bolasi o‘lsa, Alloh farishtalariga: «Bandamning bolasini qabz qildingizmi?» deydi. «Ha», deydilar. «Uning dil mevasini qabz qildingizmi?» deydi. «Ha», deydilar. «Bandam nima dedi?» deydi. «Senga hamd va istirjo’ aytdi», deydilar. Shunda Alloh: «Bandamga jannatda bir uy bino qilinglar va uni «Hamd uyi» deb nomlanglar», deydi». Ushbu uch hadisni Termiziy rivoyat qilgan.
26 May 2022, 17:46 | Savol-javoblar | 216 | Turli savollar