Namoz buzilishi holati

Hurmatli Xazrat!Agar, masalan peshin namozining old sunnatiga sal kech qolib boshlagan bo‘lsam, uni tugatmasimdan jamoat peshinning farzini boshlasa, men u old sunnat namozini oxiriga etkazmasdan buzishim, to‘g‘rirog‘i to‘xtatishim joizmi? Chunki farz sunnatdan ustun bo‘lyapti. Umuman namozni mana shunday va boshqa zaruriy holatlarda o‘rtasida to‘xtatishning ham qoidasi/tartibi bormi?Katta rahmat! Alloh rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Birinchi rak’atni ruku’ga ketmagan bo‘lsangiz, ikki tarafga qarab, tik turgan holda salom berasiz. Agar bir rak’at o‘qigan bo‘lsangiz, yana bir rak’at o‘qib ikki rak’atdan keyin salom berib, jamoatga qo‘shilasiz.

27 May 2022, 02:31 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar