Tabriknoma

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hazrat, tabrigimni qabul qiling. Yaqinda Rossiya federatsiyasida bo‘lib o‘tgan X-umumhalq musulmonlar forumida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida siz ishtirok etgan video lavhani ko‘rdim. Ushbu marosimda olgan "Al-Faxr" ordeni muborak bo‘lsin Allohim umringizni uzoq, biz shogirdlaringiz bahtiga har doim sog‘, martabangizni bundanda ulug‘ qilsin. Hazrat, ushbu unvon bilan taqdirlanganingizda juda ham hursand bo‘ldim. Bu albatta nafaqat siz, balki biz shogirdlaringiz va butun O‘zbekiston halqiga bo‘lgan e’tibordir. Allohim siz kabi insonlarni hammasini o‘z panohida asrasin. Biz shogirdlaringiz bahtiga sog‘ bo‘ling.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Salomat bo‘ling!

26 May 2022, 17:48 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar