Uy buyuradimi
Assalomu alaykum! Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan chiqarilayotgan qonunlarga asosan, ajrim vaqtida ota farzandlarini uy bilan ta’minlashga majbur. Shu vaqtda albatta katta pulga tushayotgan tomon rozi bo‘lib uy va nafaka bilan ta’minlamaydi afsuski. Hatto ba’zi nodon qaynonalar buyurmasin deb qarg‘ab ham qo‘yishadi. Savolim shuki, shuncha noroziliklar orqasidan kelgan uy haqiqatdan ham buyurmasligi mumkinmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ajrimdan oldin ham keyin ham farzandlar balog‘atga egunicha ularning turar joyi va nafaqasi otaning zimmasiga vojib bo‘ladi. Balog‘atga etganlaridan keyin vojib emas. Ota ularni uylab-joylash yoki nafaqa bilan ta’minlashi ham vojib emas. Qizlar bundan mustasno. Shuning uchun har kim beradigan va oladigan haqqlarini bilib olishlari shart. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 18:49 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush