Fosid nikoh uchun taloq shartmi?

Yana savol berganim uchun qattiq uzr so‘rayman. Haligi rus ayol hozirda eri bilan yashamaydi. U ayol eriga “talog‘imni ber” desa, eri unamas ekan. Nikohi guvohlarsiz o‘qilgan, ya’ni fosidligini bildik. 1. Eri taloq bermasa ham boshqa erga tegsa bo‘ladimi? 2. Yoki fosid bo‘lsa ham taloq shartmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Fosid nikoh buziladi. Bir ilmli kishi va guvohlar oldida majlis o‘tkaziladi. Ilmli kishi nikoh fosid ekanini e’lon qiladi. Ayol idda o‘tiradi. Keyin boshqa erga nikohlansa bo‘ladi. Eri taloq bermasa, boshqa erga tegsa bo‘lmaydi. Fosid nikoh bo‘lsa buziladi.

26 May 2022, 18:00 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar