Tovarga narx qo‘yish haqida
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hozirgi kunda talab ko‘p va topilmayotgan dorilarni ro‘yxatini har haftada shahar dorixona ma’lumotlari byurolari aptekalarga taqdim qilishadi. Biz shu ma’lumotlarga asoslanib, viloyatlardan shu dorilarni aptekalardan yig‘ib kelib, o‘z dorixonamizda sotamiz. Albatta, bu dorilar o‘sha erlarda ham kamyob bo‘ladi va ularni yig‘ish ko‘p mehnat talab qiladi. Bu dorilarning odatdagi narxi masalan, 1000 so‘m bo‘lsa, biz uni 2000 yoki 3000 so‘mga sotamiz, ya’ni tovarning tannarxiga bir-ikki barobar qo‘yamiz. Xaridorlar narx-navoni bilmasada, topganiga xursand bo‘lib olishadi. Ayrimlari esa (dorini muntazam qabul qiladigan, asl narxini biladiganlar) janjal ko‘taradi, ayrimlari bilsa ham rozi bo‘lib olishadi. Hozirda katta qarzim bo‘lganligi uchun shunday qilyapman va buni foydasi tez sezilyapti, chunki bunaqa tovarlar pulni ushlab turmaydi va kelgan kunni o‘zidayoq sotilib ketadi. Shu ishim shariatga to‘g‘ri keladimi, ehtikor bo‘lmaydimi? Rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizdan boshqalar ham qilsa ehtikor bo‘lmaydi. Narx qo‘yish bozorga va asosan ikki tarafning roziligiga qarab bo‘ladi. Odob va muruvvat yuzasidan tannarxning uchdan birini ustamaga qo‘yish tavsiya qilinadi.
26 May 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar