Rossiyadagi ishlar xaqida

Assalomu alaykum! Men rossiya stroitilniy bozorida dvornik bo‘lib ishlayman 15 ta bolaga 1ta ish boshqaruvchi bor. Bozorda oylikdan tashqari magazinlarda levalar xam chiqib turadi. Magazinchilar faqat ish boshqaruvchiga tel qiladi ish boshqaruvchi xoxlagan bolani levaga jo‘natadi. Levaga borgan bollar taxminin 1000 rublga ishlasa 300 rublni ish boshqaruvchiga berishi shart 5000ga ishlasa 1500 rubl beradi. Ishga jo‘natganligi uchun beradi bermasa boshqa levaga u bolani jo‘natmaydi. Adashmasam tushuntira oldim. Ish boshkaruvchiga xam ishga borganga xam.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ish beruvchi bilan tuzilgan kelishuvga bog‘liq. Soatbay ishlashga kelishuv qilgan bo‘lsa ish joyini tashlab ketishi mumkin emas. Ishni tashlab ketsa o‘sha ishlamagan vaqti uchun oladigan oyligi halol bo‘lmaydi, kelishuvni buzgani uchun gunohkor bo‘ladi. Ish beruvchini ogohlantirmay va roziligini olmay aslo ish joyini tashlab ketmasin. Bu ham xiyonatning bir turidir. Boshqa joyga borib oladigan puli esa o‘sha siz “levыy” deb atayotgan ishning halol-haromligiga bog‘liq. Vallohu a’lam!

25 Noyabr 2023, 12:15 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar