Qizni o‘qitib turmushga berish haqida ota vasiyati

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Uylanish niyatida yurganim sababli, bir qizning onasiga o‘z vakillarimni jo‘natgan edim. Qizning onasini aytishicha, turmush o‘rtog‘i (qizning otasi) vafot etishidan oldin, qizini o‘qitib, keyin turmushga berish haqida vasiyat qilgan ekan. Hozirda akalari va onasi bilan yashaydigan qiz, garchi turmush qurish yoshiga etgan bo‘lsada, aynan mana shu vasiyatni deb turmush qurolmayotgan ekan. Bunda qiz turmushga moyillik bildirsada, akalari otasining vasiyatini ado etib keyin uzatamiz deb, kelgan sovchilarni qaytarayotgan ekan. Ularning shu ishi to‘g‘rimi? Qiz o‘zi xohlasa, qizga nisbatan bu jabr emasmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Buni jonli majlisda va barcha aloqador taraflarning ishtirokida hal qilish kerak.

26 May 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar