Shasiy savol saltaroshlik haqida
Assalomu alaykum! Men bolar va ayolar saltarosh bo‘lib ishleman ishlasam bo‘loradm
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erkak kishiga ayollar sartaroshi bo‘lib ishlash joiz emas. Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi : وَتَعَاوَنُواْ عَلَى الْبرِّ وَالتَّقْوَى وَلاَ تَعَاوَنُواْ عَلَى الإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَاتَّقُواْ اللّهَ إِنَّ اللّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang». Ushbu mo‘’jazgina jumla dunyodagi barcha hamkorliklar uchun asosiy qoida hisoblanadi. Islomdan avvalgi davrda hamkorlik qoidasi urug‘chilik, qabilachilik va boshqa shunga o‘xshash o‘lchovlar asosida bo‘lar edi. O‘ziga yaqin bo‘lgan shaxs, toifa, qabila, davlat yoki xalq nima qilsa, unga hamkor bo‘lish zarur edi. Jumladan, zulm va dushmanlik ishlarida ham. Islomda esa hamkorlikning bosh sharti yaxshilik va taqvodir. Agar shu shart vujudga kelsa, hamma bilan hamkorlik qilinaveradi. Ammo qaerda gunoh va yomonlik bo‘lsa, kim bo‘lishidan qat’i nazar, hamkorlik qilinmaydi. Bu ishlarning hammasi Alloh taologa bog‘liq. Mazkur ishlarni amalga oshirishda, albatta, taqvo shart. Shuning uchun ham «Allohga taqvo qiling», – deb alohida ta’kidlanmoqda. Inson Allohdan qo‘rqqanidagina Allohni rozi qiladigan hamkorliklarni amalga oshiradi. Inson Allohga taqvo qilgandagina undan yaxshilik kutish mumkin. Kimki yaxshilik qilsa, o‘zigadir. Yomonlik qilsa ham o‘zigadir. Allohdan qo‘rqmagan, Uning amrida yurmaganlar bilib qo‘ysinlarki: «Albatta, Alloh iqobi shiddatlidir». ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 19:00 | Savol-javoblar | 147 | Islam