Radio o‘yin

Assalomu alaykum! Har kuni radioda sovrinli soat degan o‘yin o‘ynaladi, savolni javobini aytish uchun qo‘ng‘iroqning 1 daqiqasi taxminan 4ming so‘m, g‘olib bo‘lsangiz xomiylar tomonidan 50ming so‘m mukofot berishadi, shu pul xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol emas.
 Qoida: Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Shu qoidaga tushgani uchun joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Qimor ikki ishdan iboratdir. Bir tarafdan pul to‘lanishi aniq, nariga tarafdan to‘lanishi aniq emas. Ikkinchisi pul tikkan kishining holati ikki qismga bo‘linadi. Tikkan puli to‘laligicha botib yo‘q bo‘ladi yoki narigi tarafning molini to‘laligicha tortib keladi. Vallohu a’lam!

5 Oktabr 2023, 13:34 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar