Sovchiga rad javobi berish
Assalomu alaykum Shayx hazratlari. Men sizning ma’ruzalaringizni tinglab kitoblaringizni o‘qib savollarimga kerakli javoblar olaman. Sizdan Alloh rozi bo‘lsin. Meni ko‘p o‘ylantirgan bir masala yuzasidan sizga murojaat qilyapman. Yaqinda 24 yoshga to‘ldim. Har-bir ota ona farzandi ulgaygach o‘g‘lini uylantirib, qizini uzatib ota-onalik vazifasini bajarishga harakat qiladi. Shu qatori mening onam ham meni uzatishni xohlaydilar. Buni yaxshi tushunaman. Men Allohni tanigan ibodatli inson bilan oila qurishni xohlardim. Lekin shu vaqtgacha kelgan sovchilar orasidan men xohlagan insonni uchratmadim. O‘zim farz amallarni Alloh qodir qilguncha bajarishga harakat qilaman. Benamoz inson bilan oila qurishdan qo‘rqaman. Shuning uchun kelgan sovchilarga rad javobini berishim har-xil noqulaylikni, ko‘ngilxiraliklar bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Shayx hazratlari, mening bu ishim to‘g‘rimikin? Siz qanday maslahat berasiz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ishingiz to‘g‘ri. Nima uchun sovchilarga rad javob berayotganingizni ayting. Alloh taolo sizga solih, ibodatli va tavodor jufti halol nasib etsin!
26 May 2022, 18:08 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar