Kasbimdan topayotgan pulim halolmi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men xorijning loyiha kompaniyasida ishlayman. Loyihalashda kasbimizga ehtiyoj kattaligi sababli, ofisda loyihaga buyurtma (ish) bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga qaramay belgilangan oylik maosh berish kelishilgan. Lekin oxirgi 2 oyda buyurtma bo‘lmaganligi sababli bo‘sh qolib ketmoqdamiz, ya’ni bekor qolamiz. Shunday bo‘lsada, kompaniya rahbari kelishilgan oylikni bermoqda. Oxirgi oylarda olayotgan oyligimga vijdonim qiynalyapti. Sizdan so‘ramoqchimanki, ushbu maoshim halolmi? Yaqin orada buyurtma bo‘lmasa, ushbu ish joyimni o‘zgartirishim joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Joiz. Xijolat bo‘lmang.

26 May 2022, 18:09 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar