Shayton haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir jiyanim vasvasa bo‘pqoldi. Rosa qiynaldik, o‘qitdik. Unga tahorat qilib namoz o‘qitmoqchi bo‘lganimizda burnini qonatvaroverdi. Men tinmay Allohdan so‘raverdim, bir kun qalbimga “Shu bolani shom payti kibla tarafga yuzini o‘girasan, yotqizib va qulog‘iga ey la’natli shayton agar shu bolani tark etmasang Alloh seni kul qilib yuboradi. Buni menga farishta kelib aytib ketdi” degan bir ovoz kela boshladi. Men shu ishni qildim va oradan yarim soat o‘tmay bola o‘ziga keldi. Allohga shukronalar bo‘lsin. Aytingchi shunday holatlar bo‘lishi munkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shaytonning xiylalari nihoyatda ko‘p. Eng oxirgi nuqtasigacha insonni shakk-shubhaga solishga va do‘zaxga kiritishga harakat qiladi. Abdulqodir Giloniy haqida mashoyixlar bir hikoyani keltiradilar. U kishi aytadilar : Bir kun osmonni qora bulut qopladi va orasidan bir nur ochilib, “Ey Abdulqodir men sening robbingman, bugundan boshlab barcha farzlar sendan soqit bo‘ldi” dedi. Shunda men Allohning zikrini qilib, “Ey la’nati shayton payg‘ambarlardan soqit bo‘lmagan farzlar mendan soqit bo‘lishi mumkinmi” dedim. Shunda osmon asli holatiga qaytib, shayton: “Sen olim ekansan, seni ilming saqlab qoldi. Shu senga aytgan gapim bilan qancha-qancha obidlarni yo‘ldan ozdirgan edim” dedi. Men shu zahotiyoq “Eh la’nati birinchi urinishingda iymonimdan ayirmoqchi bo‘lding, endi esa meni maqtab kibrga ketkazmoqchimisan. Bu erda mening ilmimning hech qanday daxli yo‘q. Alloh taolo O‘z fazliga oldi” dedim. Shaytonning bu kabi xiylalari ko‘p. Jin o‘zi tashlab ketmoqchi bo‘lsa ham, sizning e’tiqodingizga g‘ul-g‘ula solish uchun o‘zini farishta deb tanishtirgan. Siz g‘ururga ketmay, Alloh taoloning zikrida mashg‘ul bo‘ling. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 20:50 | Savol-javoblar | 173 | Tabobat