Otadan qarz
Assalomu alaykum! Bir necha yillar ilgari dodam (onamning otasi) onamga senda turib tursin deb 150$ bergan ekan. Oradan vaqt o‘tgach, onam dodamga pullarini bermoqchi bo‘lib eslatganida turaversin keyin olarman deganlar. Oradan vaqt o‘tib dodam xam buvim xam qazo qilganlar. Dodamni uyida xozir 2ta nogiron xolalarim va raxmatli tog‘amning ayoli, balog‘atga etgan 2 farzandi bor va ular umuman muxtoj emas. Bu pul xaqida dodam va onamdan boshqa xech kimning xabari yo‘q. Onamning boshi qotgan, pulni ularga olib borib bersinmi yoki dodamning nomidan exson sadaqa qilsinlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uni merosxo‘rlarga taqsim qilib berishi shart. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 07:54 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uni merosxo‘rlarga taqsim qilib berishi shart. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 07:54 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar