Tasarrufda bo‘lmagan mollar
Assalomu alaykum,hurmatli Shayx Hazratlari! Tasarrufda yo‘q molni sotib bo‘lmasligini bilib, shaxslar bilan savdoda bunga amal qilaman. Lekin davlat tashkiloti bilan savdoda doim iloji bo‘lmayapti. 1) Ular bilan shartnoma orqali ishlanadi. Ular o‘z xatosi sabab, buyurtma berishda bir molni, pul o‘tkazib mol olishda «xatolik o‘tibdi» deb, boshqa parametrli molni so‘rashadi. Shunga ko‘ra ba’zi molni pul to‘lab, mol turi aniqlangach, olib beramiz. Chunki buyurtmachi voz kechsa, uni boshqa xaridor olmaydi. Natijada ba’zi mol shartnomada bo‘lsada, omborda doim bo‘lmaydi yoki o‘xshash mol bo‘ladi. 2) Pul o‘tkazish ularning ixtiyorida emasligi uchun, pulni muddatdan bir necha oy o‘tib to‘lashadi yo umuman to‘lashmaydi. Bizda qaysi shartnoma qachon amalga oshishi haqida aniq axborot bo‘lmaydi. Oldindan 15% to‘lov qilishganda bilamiz. Shunga aytaylik shartnomalarda mol umumiy miqdori 30 tonna bo‘lsada, omborda 15 tonna mahsulot saqlaymiz. Ya’ni tez buziluvchi molni 1 oyga etar miqdorda saqlaymiz. Bu noaniqliklar tufayli bizni tutgan yulimiz shar’iy hukmga zid emasmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qilinayotgan ish shar’iy hukmga zid emas.
26 May 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qilinayotgan ish shar’iy hukmga zid emas.
26 May 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar