Ota-onamning qarori to‘g‘rimi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Savolim shuki, ota-onam shu kunlarda haj safariga yozilishdi. Buni eshitgan otamning onasi – buvamda (sal kam 100 yoshni qarshilaganlar) sal “ranjiganlik“ni ko‘rdim. Agarda otam buvamni olib boraman desalar, buvam yuq demas edilar, bunga aminman. Lekin otam, haj - bu mashaqqatdir degan iborani ishlatib, buvamga oson bo‘lmasligini aytmoqdalar. Ota-onamning bu ishlari to‘g‘rimi? Ular shu tarzda haj safarini ado etsalar bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ular shu tarzda haj safarini ado etsalar bo‘ladi.

26 May 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 163 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar