Shu kiyimda namoz o‘qisam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men hozirda Koreya respublikasida ishlayapman. To‘g‘risini aytish kerak, qora ishchiman. Ish vaqtida namoz o‘qishim uchun vaqt bor, kiyimlarim yomonligi sababli o‘qiyolmayapman. Shuning uchun sizdan so‘rashni lozim topdim. Shu kiymimda namoz o‘qisam bo‘ladimi? Kiyim almashtirishga sharoit ham vaqt ham etmaydi. Javobingiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kiyimda najosat bo‘lmasa, bo‘ldi. Namoz o‘qilaveradi.

26 May 2022, 18:20 | Savol-javoblar | 132 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar