Xotin kishining kasbi-kori to‘g‘risida

Qimmatlik vaqtingizni olganim uchun va ayni zamonda ilmsizligim uchun oldindan uzr so‘rayman. Meni anchadan beri qiynab kelgan bir masala bor: Rafiqam oilaviy qiyinchilikni vaj qilib, hamda mening topishim uni koniqtirmaganligi uchun va yana "ishga o‘z kuchim bilan kirganman. Siz meni ishga kiritib qo‘yganmisiz?" kabi bahonalar bilan ishini pesh qilib, meni roziligimsiz ishlaydi. Izoh uchun aytib o‘taman: Rafiqam "O‘zbekiston havo yo‘llari" da bort kuzatuvchi (ya’ni styuardessa) bo‘lib ishlaydi. Ikkita 7-6 yoshli qizim bor. Xizmat vazifasi yuzasidan 2 kundan tortib 6-7 kungacha safarda (chet elda) bo‘ladi. Bola tarbiyasi avvalo onam va mening zimmamda. O‘z ishimda ham halovat yo‘q. Bolalarimni o‘ylayman. Qaynonam: " Qizim ishlashi kerak. Uni ishga kirgazish uchun falon pul sarflaganman" deydi. Umuman shu kasbga doir shariat hukmi qanday va bu holatda men qanday ish tutsam Alloh rozi bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz haqsiz. Ular nohaq.

26 May 2022, 18:21 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar