Kechikish evaziga chegirma
Uy sotib olinganida shartnomada “Uy sotuvchi uyni 1 sentyabrga bo‘shatadi va xaridor qoldiq qism pulni 1 oy orasida, ya’ni 1 oktyabrgacha to‘laydi”, deb kelishilgan. Lekin uy sotgan shaxs, uyni o‘z vaqtida bo‘shata olmadi va xaridordan bir necha marta muhlat so‘rab 40 kungacha cho‘zdi. Shunda ham bo‘shata olmay, 8 oktyabrda telefonda "Yana bir oz vaqt bersangiz, umumiy narxdan 1% chegirma beraman", dedi, xaridor rozi bo‘ldi. 10 oktyabrda uy sotgan shaxs yuzma-yuz ko‘rishib, endi 0,5% chegirma to‘g‘risida gapirdi va yana 15 kun muhlat so‘radi, xaridor 10 kunga rozi bo‘ldi. Lekin oldingi 1% ga qo‘shib yana 0,5% chegirmami yoki umumiy chegirma 0,5% mi bunga aniqlik kiritilmadi. Xaridor esa xuddi shartnomadagiday uy pulini uy bo‘shagach, 1oy ichida berishini aytdi. 1) Xaridor pulni berishni 1 oyga cho‘zsa haqlimi? 2) Ushbu vaziyatda shu turda chegirma berish va uni qabul qilish mumkinmi? 3) Agar mumkin bo‘lsa, chegirma berayotgan odam bir martada berilgan chegirmasini vaqt o‘tib kamaytirishi mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Nohaq. 2. Mumkin emas. 3. Mumkin emas.
26 May 2022, 18:21 | Savol-javoblar | 182 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Nohaq. 2. Mumkin emas. 3. Mumkin emas.
26 May 2022, 18:21 | Savol-javoblar | 182 | Turli savollar