Arafa kuni ro‘zasining fazli haqidagi hadis

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Sizga berayotgan savolim aytilgan fatvoga qarshi chiqish ma’nosisida emas. Men arafa kuni ushbu kun fazilatlari haqida o‘qiyotgan edim. U erda arafa kunining ro‘zasi haqidagi hadis ham mavjud bo‘lib, unda bir kishi Rasululloh solallohu alayhi vasallamdan arafa ro‘zasi haqida so‘raganida Nabi solallohu alayhi vasallam bu kunning ro‘zasi o‘tgan yilda qilgan gunohlarni yuvib yuboradi deganlari aytilgan edi. Bu hadis o‘sha kishini o‘zlari uchun xos aytilganmi? Chunki bu kun musulmonlarning eb ichish kunlaridan ekanligi haqidagi hadisni siz bu haqidagi savolga javob tariqasida keltirganligingizdan o‘qigan edim. Ikkilanish paydo bo‘ldi va siz aytganga amal qildik.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu erda bir oz tafsilot bor. Siz aytgan fatvo hajdagilarga. Ammo hajdamaslarga arafa kuni ro‘za tutish mustahab.

26 May 2022, 18:22 | Savol-javoblar | 146 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar