Denov shahriga kelganingizdan juda xursand bo‘ldik

Sizni huzuringizga borib siz bilan yuz ko‘rishib, duogizni olish niyatidaman, insha Alloh. Undan oldin siz bilan yuz ko‘rishmasamda, suhbatingizni eshitib duolaringizdan bahramand bo‘ldik. Alloh sizni dunyo-yu oxiratda martabangizni ulug‘ qilsin. Sizdan iltimos, qizim Bibizahro 20 kundan beri viloyat shifoxonasida, og‘ir betob, duo qilib turing.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Surxandaryo viloyatiga, jumladan Denov shahriga borganimdan juda xursand bo‘ldim. Ko‘pchilik musulmonlar bilan ko‘rishib, va’z qilib, birgalikda ibodat qilishga muyassar etgan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin! Bibizahroga Alloh taolo komil shifo bersin!

26 May 2022, 18:26 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar