Arendaga moshini olish sudxo‘rlikmasmi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar bir savolim bor edi izlash xizmatidan topolmadim men Rossiyadan yaqinda keldim endi arendaga moshina olib taksilik qilsam beradigan xar oylik arenda puli sudxo‘rlik bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Hozirgi kunda o‘zlarini ziyoli deb sanagan insonlar ham arenda(ijara) bilan taqsit(narxini bo‘lib to‘lash) bitmini farqiga borishmaydi. Arenda degani ijara ma’nosini bildirib, ijaraga olingan narsa ijaraga beruvchining shaxsiy mulki, keyinchalik ham mulki bo‘lib qoladi. Ijaraga oluvchi vaqtincha foydalanib, foydalangani uchun haqini berib turadi. Taqsit savdosida esa molni naqdga olsa boshqa narx nasiyaga olsa boshqa narx qilib(lekin kelishuv vaqtida ikkisidan biri tayin bo‘lishi shart), narxini bo‘lib to‘lashga aytiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:08 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar