Qo‘l ostidagi ishchining haqqini bermaslik uchun bahona

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men bir do‘stim bilan birga 11 yil ishladim. Hozirda u ish joyimdan nasiba kesilgan ekan, u erdan bo‘shadim. Lekin do‘stim har xil bahonalar qilib, haqqimni bermayapti. Do‘stlarimga orqamdan yomonlab yurganini sezib yuribman. Bo‘shashim arafasida to‘satdan sherik bo‘lib qolganimga juda hayronman. Boshim qotib qoldi, yillar davomida yig‘ilib qolgan maoshimni bergisi kelmayapti. Maslahat bering, nima qilishni bilmayapman. Yig‘ilgan maoshim qo‘lida bo‘lgani uchun xohlagancha men bilan savdolashmoqda. Umidim Allohdan, sizning maslahatingizga ham zormiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz barcha choralarni ishga solib o‘z ish haqingizni olishga harakat qiling. Davlat idoralariga murojaat qiling.

26 May 2022, 18:51 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar