Qarzi bor odam zakot berishi

Assalomu alaykum! Mening bo‘ynimda qarzim bor va haqdor bilan oyma-oy bo‘lib berishga kelishganmiz. Kelishuvga asosan foydamning deyarlik ko‘p qismi qarzimga ketadi. Allohga shukur qarzimni ko‘p qismini yopib bo‘lganman. Hozirda oborotimda tahminan 20 min dollarlik bor. Men ham zakon bersam bo‘ladimi yoki qarzimdan birinchi qutilishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzingizdan oshiqcha nisob miqdoridagi mulkingiz (hozirda 34 mln) bor bo‘lsa va bir yil tursa zakot berishingiz vojib. Qarz mu’ajjal bo‘lsa shunday. Agar birovga to‘lashingiz kerak bo‘lgan qarzingiz mu’ajjal (darhol to‘lanishi shart bo‘lgan qarz) bo‘lmay, balki ma’lum muddatda to‘lashingiz lozim bo‘lsa, unday qarz zakot vojib bo‘lishidan man qilmaydi (ya’ni, zakot hisoblashda uni  e’tiborga olmaysiz). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 141 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar