Qarzni riboga pul olib uzish
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Savolimga izlash xizmatidan javob topa olmadim, takroriy bo‘lsa uzr. Men bir bolaga avtoulovni taqsit savdosiga bergan edim. Bir necha oy to‘lab yurgandan so‘ng, muddatidan ilgari uzish maqsadida, menga qarzning qolgan qismini to‘liq olib kelib berishini aytdi. Pulni qaerdan olasan desam, bir odamdan foizga olaman, deb javob berdi. Men unga bu ishning ribo ekanligini tushuntirdim. Ammo u baribir olib keldi. Men shu pulni olsam bo‘ladimi? Undan tashqari, unga foizga pul bergan odam, qarzini to‘liq ovolguniga qadar, avtoulovni bolaning nomiga o‘tkazib bermasligimni iltimos qilyapti. Unga nima deb javob beray? Alloh sizni O‘z panohida saqlab, ilmingizni ziyoda qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikkisiga ham ko‘nmang.
26 May 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikkisiga ham ko‘nmang.
26 May 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar