Plastik kartochkadan nasiya haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Sizga bir savol bilan murojat qilmoqchi edim. Meni do‘konim bor, savdo bilan shug‘ullanaman. Qo‘shni do‘kondagi sherigim: "Menda odamlarning qarzi bor, shularni ular plastik kartochkada beryapti. Sizga plastikni bersam, ichidagi bor pulini echib olasiz va menga imkoningiz bo‘lganida naqd pul qilib beraverasiz" dedi. Men Alloh yo‘lida qo‘shnining haqini ado etay degan maqsadda foizsiz echib beryapman. Faqat kartadan pulni echib olib, imkon bo‘lganda naqd pul ko‘p tushgan kuni bo‘lib-bo‘lib beraman. Qo‘shnim bundan rozi. Bu ishimda gunoh bormi? Javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Gunoh yo‘q.

26 May 2022, 19:31 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar