Mashinani kreditga olish
Assalomu alaykum! Hozirda Amerika Qo‘shma Shatatlarida ishlayman. Yaqinda o‘qishimni tamomlab ishga kirdim. Ishga mashina juda ham zarurligi uchun, mashinga katta ehtiyojim bor. Oldindan to‘plagan mablag‘im bo‘lmagani uchun, mashinani naqd pulga olishga sharoitim yo‘q. Mashina sotuvchi do‘konlar va mashxur kompaniyalar ijaraga mashina taklif qilishyapti. Shuningdek Toyota kompaniyasi o‘zining faqat mashinalar uchun ochilgan banki orqali foizlik to‘lov bilan mashinani kreditga takilif qilyapti. Bu ijaradan sezilarlik darajada arzon taklif. Dinimizda ribo va pul ustiga foiz to‘lash katta gunohligini bilamiz. Savolim shundaki agar Toyota kompaniyasi o‘zining banki orqali mashinani o‘z banki nomiga chiqarib so‘ng menga moshina narxi ustiga foiz qo‘yib muddatlik to‘lovga bersa men olsam halol hisoblanadimi? Toyota kompaniyasi banki o‘ziniki bo‘lgani uchun o‘z kompaniyasidan olib menga muddatlik to‘lovga bermoqchi. Bu bank faqat Toyota mashinalarini kreditga berish uchun ochilgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytayotgan ko‘rinishdagi savdo durust bo‘lishi uchun bank mashinani o‘zi uchun sotib olib, uni qabul qilib olishi, so‘ngra sizga aniq va o‘zgarmas muddatga aniq va o‘zgarmas narxga sotishi kerak. To‘lov kechikkani uchun jarima shart qilmasligi lozim. Yuqoridagi qaydlardan birortasiga xilof qilinsa ulardan xarid qilishingiz durust emas. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 14:00 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom