Boshqa mazhab a’zolari bilan namoz o‘qish
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Mening bir necha savolim bor edi: biz boshqa davlatda, shofeiylar va zaydilar bilan namoz o‘qishga to‘g‘ri keladi. Biz peshin namozida 4 rakat sunnat namozini o‘qisak, 4 rakatni 2 rakatdan 2 marta bo‘lib o‘qish kerak deyishadi, qo‘lni kindikdan yuqorida ushlash kerak , vitr namozida 2 rakatni alohida, 1 rakatni alohida o‘qish kerak, oxirgi rakatda qunut duosini rukudan keyin tiklanganda o‘qish kerak deb ba’zi kishilar aql o‘rgatishadi. Men bizning mazhabda shunday qabul qilingan desam ham o‘zlarining fikrlarini tasdiqlashga harakat qilishadi. Juma namozida azon aytilgandan keyin imom darhol xutbani boshlaydi, sunnatlarni o‘qib olishga vaqt berilmaydi va xutbadan keyin darhol 2 rakat juma farzi o‘qiladi. Shunda farzdan oldingi 4 rakatni qanday o‘qishni ham bilmay qolamiz - azondan keyin xutba boshlangan paytda 4 rakatni o‘qiymiz. Shu ishlarimiz to‘g‘rimi yo‘qmi yoki bular aytganini qilish kerakmi? Javobingiz uchun oldindan katta rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizlar o‘z mazhabimizga amal qilaveringlar. Ular ham bizga kelsa, sizlarning vaziyatingizga tushib qolishlarini elatinglar. Jumadan avvalgi to‘rt rakatni imkoni bo‘lmasa, keyin o‘qib qo‘ysangizlar ham bo‘ladi.
26 May 2022, 19:43 | Savol-javoblar | 158 | Namoz