Sahih hadisning asl mohiyati
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Siz tomondan berilayotgan javoblarni miriqib o‘qiyman. Allohning O‘zi sizdan rozi bo‘lsin. Men hech qachon hadislarga shubha bilan qaramaganman va qaramayman ham. Ularga imkon qadar amal qilishga harakat qilaman. Agar biror hadisga tushunmagan joyim bo‘lsa, mening aqlim etmaydigan joyi bor deb qabul qilaman va bilguvchidan so‘raymam. Shunday aqlim etmagan hadisning qisqa mazmuni shunday edi: Payg‘ambarimiz Muhammad solallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: "Quyidagi 5 ta narsani faqat Allohning O‘zi biladi: -qiyomat qachon bo‘lishini -yomg‘ir qachon yog‘ishini - onaning qornida o‘g‘il yoki qiz ekanligini – Qolgan ikkitasi aniq eslay olmaganim uchun yoza olmadim. Sizdan ushbu hadisning sharhini so‘ramoqchi edim. Ya’ni nima nazarda tutilganini. Hozirgi texnologiyalar bilan onaning qornidagi homilani o‘g‘il yoki qiz ekanini aniqlasa bo‘ladi, yomg‘ir qachon yog‘ishini qisman bo‘lsa ham aytib berishayapti. Rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hadisni noto‘ri tarjima qilib olingan bo‘lsa, shunday bo‘ladi. Buning ustiga beshdan ikkisi esdan chiqqan bo‘lsa, undan ham badtar bo‘ladi. Buning ham ustiga hadisning ma’nosini hozirgi texnologiyalarga ko‘r-ko‘rona solishtirilsa yana ham rasvo bo‘ladi. عَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " مَفَاتِيحُ الْغَيْبِ خَمْسٌ لَا يَعْلَمُهَا إِلَّا اللهُ ": {إِنَّ اللهَ عِنْدَهُ عِلْمُ السَّاعَةِ وَيُنَزِّلُ الْغَيْثَ وَيَعْلَمُ مَا فِي الْأَرْحَامِ وَمَا تَدْرِي نَفْسٌ مَاذَا تَكْسِبُ غَدًا وَمَا تَدْرِي نَفْسٌ بِأَيِّ أَرْضٍ تَمُوتُ إِنَّ اللهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ} Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "G‘aybning qalidlari beshdir. Ularni Allohdan boshq hech kim bilmas: Albatta, Soat ilmi yolg‘iz Allohning huzuridadir. Yomg‘irni U yog‘dirur. Bachadonlardagi narsani ham U bilur. Hech bir jon ertaga nima kasb qilishini bilmas. Hech bir jon qaysi erda o‘lishini ham bilmas. Albatta, Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta xabardordir". Ahmad rivoyat qilgan. Ushbu hadisda keltirilgan besh narsa haqidagi matn Luqmon surasidagi bir oyatdir. Ushbu oyati karimada Alloh taoloning ilmi shomilu komil hamda mutlaq ekani, U Zotning ilmi qarshisida boshqa ilmlar hech narsaga arzimasligi bayon qilinmoqda. «Albatta, Soat ilmi yolg‘iz Allohning huzuridadir». U Zotdan boshqa hech kim qiyomat qachon qoim bo‘lishini bilmaydi. Bilishi mumkin ham emas. Alloh taolo ulkan hikmat yuzasidan bu ilmni faqat O‘ziga xos qilib qo‘ygan. Qiyomat qachon qoim bo‘lishini bilmagan odamlar doimo hushyor turadilar. Har lahzada qiyomat qoim bo‘lib qolishidan qo‘rqib, doimo yaxshi ishlarni ko‘paytirishga urinadilar, unga tayyorgarlik ko‘radilar. «Yomg‘irni U yog‘dirur». Yomg‘irga sabab bo‘ladigan moddalarni yo‘qdan bor qilgan ham U Zotning O‘zidir. Ularni bir-biriga qo‘shgan ham U Zotning O‘zidir. Bulutni paydo qilib, ma’lum joylarga yog‘diradigan ham U Zotning O‘zidir. Alloh borliqning har bir nuqtasidagi yomg‘irni paydo qilgan, yog‘dirgan, natijasini-da bilib turadigan Zotdir. Borliqning bir nuqtasida Alloh yaratgan sharoitni ko‘rib, yomg‘ir yog‘ishini taxmin etgan insonning Allohning sifatiga sheriklikni da’vo qilishi kulgilidir. Bunday da’vo ilmdan emas, jaholatdandir. «Bachadonlardagi narsani ham U bilur». Dunyoda qancha bachadon bo‘lsa, ularning ichida nimaiki bor bo‘lsa, mohiyatini, taqdirini va yana ularga bog‘liq ishlarning hamma-hammasini Alloh biladi. Bir ayolning tug‘ishi yaqin qolganida, asbob yordamida o‘g‘ilmi-qiz ekanini taxminan bilib olib, Allohning ilmiga sheriklikni da’vo qilgan johil insonga hayronsan! «Hech bir jon ertaga nima kasb qilishini bilmas». Dunyoda hech bir odam ertaga, balki besh daqiqa va undan oz vaqtdan so‘ng ham nima qilishini bilmaydi. U faqat niyat qiladi, reja tuzadi, xolos. Lekin haqiqatda nima bo‘lishini faqat Alloh taoloning O‘zi biladi. Alloh taolo butun jonlarning barcha zamonlarda, makonlarda nima qilishini yaxshi biladi. Aniq biladi. Kamchiliksiz biladi. Ba’zi bir taxmini Allohning irodasi ila to‘g‘ri chiqib qolgan johil insonning Allohning ilmiga sheriklik da’vosida bo‘lishi kulgilidir. «Hech bir jon qaysi erda o‘lishini ham bilmas». Dunyoda birorta inson qaerda, qachon, qanday o‘lishini bilmaydi. Buning hammasini faqat Alloh taoloning O‘zi biladi. «Albatta, Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta xabardordir». Shuning uchun hamma narsani biladi va hamma narsadan xabardor bo‘ladi. - Ochiq - oydin ko‘rinib turibdiki hadis va oyatda siz aytgan " yomg‘ir qachon yog‘ishini, - onaning qornida o‘g‘il yoki qiz ekanligini" degan gaplar yo‘q. Bas, shunday ekan o‘zingiz to‘qib olgan narsani hadis deb va uni tushuna olmayapman deb da’vo qilishga kim haq berdi?! Bunday ish qilish musulmon insonga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Oyati karima va hadisi shariflarni o‘rganishda diqqatli bo‘lishimiz lozim. Sizning so‘zingiz avvalida aytgan ma’nolari yaxshi. Ammo hadisning o‘ziga kelganda ish boshqacha bo‘lib ketgan. Alloh taolo barchamizni siroti mustaqimda bardavom qilsin!
26 May 2022, 19:43 | Savol-javoblar | 168 | Hadislar