Bu avliyolardan madad so‘rashmi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bizning madrasada Ustozlar va ba’zi shogirdlar haftasiga ikki marta robita o‘qishadi. Robitasi borlari doira shaklida o‘tirishadi, robitasi yo‘qlar esa orqada o‘tirishadi. Men ham ularning orqasida o‘tirar ekanman, shu Robitani yurgizayotgan Ustoz robita orasida "Madad yo shayx Jilaniy bizni" degan jumlasini eshitib qoldim. Ustoz bu shirkmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Madadni Alloh taolo berishini hamma biladi. Robitada o‘sha madadni nima uchun so‘ralishi haqida ularning o‘zlarining turli gaplarni aytishlari bor. Kim shayxning o‘zidan madad so‘rasa xato qilgan bo‘ladi.

26 May 2022, 19:58 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar