Billah atamasi

Assalomu alaykum! Ko‘p adabiyotlarda Abbosiy xalifalar ismidan keyin «billah» atamasi ishlatilganiga guvoh bo‘lganman. Masalan, Muqtadiybillah, Mo‘’tasimbillah kabi. Savolim, bu atama qanday ma’noni anglatadi va bu faqatgina Abbosiy xalifalarga nisbatan ishlatiladimi yoki boshqalarga nisbatan ham ishlatilishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Billah degani Alloh tarafidan ma’noni bildirib, Mu’tazimbillah Alloh tarafidan izzat qilingan, Mu’tasimbillah Allohning arqonini mahkam ushlagan degan ma’nolarini bidiradi. O‘sha vaqtlarda shunday tahallus bilan tahalluslanish urf bo‘lgan ekan. Bu bir qavm yoki shaxsga xos emas. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 144 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar